O‘zbek shou biznesining eng yoqimtoy juftliklari deb ta’riflanadigan, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora ayni kunlarda farzandi Imronbek bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dam olishmoqda...
Maroqli o‘tayotgan kunlardan “fotohisobot”lar esa muntazam instagram sahifalaridan o‘rin olyapti.
Xonandalar sayohat qilish bilan birgalikda kuni kecha birinchi farzandi Imronbekka atab kuylangan “Shirintoyim” qo‘shig‘ini ham taqdim etishdi. Kichkintoyning 1 yoshga to‘lishi munosabati bilan kuylangan taronaga klip ham suratga olingan.