Avval xabar berganimizdek, 28-sentabr kuni ertalab Yevrosiyoning g‘arbiy qismi, Shimoliy Afrika va ikkala Amerika sharqiy qirg‘oqlari aholisi qip-qizil yoki jigarrangdagi ulkan Oyni kuzatdi. Twitter foydalanuvchilari qizil Oy suratlari bilan bo‘lishdi. Ushbu effekt Oy tutilishining Oy perigeyi (Oy orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi) bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi tufayli hosil bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Yer aholisi 2015-yilda ikki marta oy tutilishi guvohi bo‘ldi. G‘arbiy yarim sharda yashovchilar uni 4-aprelda ko‘rgan bo‘lsa, Sharqiy yarim shardagilar esa 28-sentabrda uni kuzatdi.