Ignadan Ip O'tkazing,Yurakdan Bezak Berib,
Mayin Qo'llar Ishlasin,Tikuvchi Qiz Jilmayib.
Mato Rangi Oqmidi,Bezalibdi Ranglarga,
Kamalak Guvohmidi,Siz Tikkan Ko'ylaklarga.
Onam Aytdi Uylansang,Topgin Chevar Kelindan,
Uyda O'tirib Ishlar,Bir-Ikki Sum Topardan.
Ona Menga Tikuvchi,Bo'lmasin Sevgan Qizim,
Kechalari Uyqu Bermay,Bo'ladi Bosh Og'rig'im.
Undan Ko'ra Ko'rsatay,Sevgan Qizim Rasmini,
Agar Sizga Yoqsa U,Bo'lasiz Erta Sovchi.
Qo'y Bu Shayton Qizlaring,Undan Ko'ra Izlagin,
Sen Ham Sho'x Yigitmassan,Yaxshi Qizni Ko'zlagin.
Ona So'ziz Qonundir,Siz Uchun Jonim Fido,
Topaman Men Siz Uchun,Xuddi Sizdek Mehribon.
Tikuvchi Chevar Qizni,Ko'ngli Toza Deydilar,
Mehribon Ko'zlar Yana,Shirin Qo'l Pazanda Derlar.
Eh Boshim Rosa Qotdi,Qaydan Topay Chevarni,
Zamonamiz O'zgargan,Mehribon Qiz Qolganmi.
Izladim Ko'p Qizlarni,Ko'rdim Tikuvchilarni,
Xech Biri Yoqmas Ona,Uylanish Ham Qiyinmi.
Bolam Sen Meni Kenjam,So'zlarimni Tinglagin,
Hayotda Hamma Juftdir,Bordir Seni Ham Jufting.
Bugun Uxlab Dam Olgin,Ertaga Chiqar Baxting,
Toparsan Xali Qizni,Menga Chevar Kelinni.
Ona Adashmas Ekan,Bag'rida Gul Unarkan,
Erta Tong Izlab Qizni,Uchratdim Bir Suluvni.
Oh Qarashlar Kuydurdi,Misli Lablar G'unchaday,
Qizning Ikki Yuzidan,Shaftoli Rang Olganday.
Sochlari Soyga O'xshar,Oqib Ketdim Yo'liga,
So'zlarida Dil Kuylar,O'xshab Ketar Onamga.
Bunday Qiz Ketmas Qo'ldan,O'rgilayin Baxtimdan,
Onajon Topdim Boring,Boshqa Sovchi Ilmasidan.
Qora Ko'zlar Yodimda,Termulsam Hayol Qochar,
Men Sevgan Tikuvchi Qiz,Baxtimga Baxtlar Qo'shar.
Eh Onajon Chevarim,Jonimga Orom Bo'ldi,
Kechalari Uyqu Yo'q,Ko'ylaklari Ko'p Bo'ldi.
Tikuvchi Qiz Mehribon,Bunga Guvohman O'zim,
Bilmaysiz Chevar Qizni,Qo'llari Qattiq Bildim.
I
zlab Topgandim O'zim,Tikuvchim Go'zalimni,
Nima Bo'lsa Ham Uni,Sevaman Chevarimni...