Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tanho malagim - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Samomiy Ishq-soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Omma oldida nutq so‘zlashga qanday tayyorlanish kerak?

Qadim zamonlardan buyon omma oldida so‘zga chiqishga alohida ahamiyat berilgan. Bunday mahorat avvallari siyosatchilar, artistlar va olimlarda bo‘lgan. Bugun omma oldida nutq so‘zlash ahamiyati yanada oshib bormoqda. Ko‘p hollarda muvaffaqiyatli ma’ruza qilish unga tayyorgarlik darajasi va ma’lum tajribaga bog‘liq bo‘ladi.
Sizga beriladigan vaqtni aniqlashtiring
Aniq vaqt belgilanmagan bo‘lsa-da, uzun nutq tayyorlash yaramaydi. O‘rtacha 5—7 daqiqa, ko‘pi bilan 10 daqiqani nazarda tuting.
Ma’ruzaning maqsadi va asosiy g‘oyasini belgilab oling
Shundan so‘ng nutq rejasini tuzing, reja qanchalik batafsil bo‘lsa, matnning o‘zini yozish shunchalik oson bo‘ladi. Ma’ruza ma’noli, mazmundor va mantiqan bir-biriga bog‘langan gaplardan iborat bo‘lishi lozim.
Auditoriyani e’tiborga oling
Misol uchun siz iqtisodchi bo‘lsangiz va o‘z hamkasblaringiz qarshisida so‘zga chiqsangiz, maxsus terminlar ma’nosini tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q. Tinglovchilar boshqa kasb egalari bo‘lsa, bu, aksincha o‘rinli bo‘ladi.
Nutq so‘zlashni mashq qiling
Nutq matnini ko‘zgu yoki yaqinlaringiz qarshisida o‘qib bering, ovozingizni ham sozlab oling.
Nima kiyishni o‘ylab qo‘ying
Kiyimingiz avvalo, uchrashuv shakliga to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan, ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun klassik uslubda, abituriyentlar uchun seminar o‘tkazish uchun esa kundalik uslubda kiyinish mumkin.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4368 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nutq, Omma, so'zlashuv
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Zolushki123 Toppa togri judayam foydali maslahatakan rahmat kotta
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное