Olimlar birinchi marta Arximed qobig'ini qurishga muvaffaq bo'lishdi
Londondagi fan muzeyining sobiq kuratori Maykl Rayt Arximed qobig'ining modelini yaratdi. U qadimgi yunonlarning koinot tuzilishi borasidagi tasavvurlarini gavdalantiradi. Mexanik qobiq birinchi marta jamoatchilikka 27 sentyabr kuni Bazeldagi ko'rgazmada taqdim etiladi. Bu haqda Nature jurnalida yozildi.
Rayt tomonidan yaratilgan metall qurilma Quyosh, Oy va besh sayyoraning tungi osmondagi harakatini ko'rsatib beradi. 20 sm diametrga ega qobiq misdan yasalgan. Kardiff universiteti astrofizigi Maykl Edmundsning so'zlariga qaraganda, qadimgi olimlar ham shunga o'xshagan model yaratgan bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga, bugungi tadqiqotchilarning aksariyati Arximed o'z modelida koinot qurilishini aylana shaklda emas, tekislikda tushuntirgan, degan fikrda. Ammo bunga qo'shilmagan Rayt o'z modeliga shar shaklini berdi.