“Odnoklassniki”ning kunlik foydalanuvchilari soni 51 million nafardan oshdi
2015 yil yakunlariga ko'ra, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'ining bir kunlik faol auditoriyasi 51 millionga etdi, deya xabar bermoqda kompaniya press-reliziga asoslangan holda Gazeta.ru/
Ijtimoiy tarmoqning mobil auditoriyasi soni ham 2014 yilga qaraganda 30 foizga oshib, jami foydalanuvchilarning 64 foizini tashkil etdi. Shuningdek, “Odnoklassniki”da videolar tomosha qilish ko'rsatkichi ham 30 foizga ko'paygan.
Bir oyda ijtimoiy tarmoq orqali 6,8 milliard marotaba video va gif-fayllar ko'rilgan.
comScore ma'lumotiga ko'ra, 2015 yil noyabrida “Odnoklassniki” Rossiyadagi ikkinchi eng ommaviy videoresursga aylangan.