So‘nggi kunlar xammayoqda Mu5 telekanalining "Yashirin kamera" ko‘rsatuvida namoyish etilganu ammo barchasini yuzi "yopilgan" bexayolarni fosh etish soni qizg‘in muxokamada bo‘lmoqda.
Ya’ni kvartira topa olmaganidanmi xiyobonlarda so‘rishmachog‘u tortishmachoq qilib yurgan yoshlarni videotasvirga olib yuzlarini ko‘rsatmay efirga uzatishgani.
Tabiiyki jo‘shqin muxokama avjiga chiqib , fikrlar ikki tarafga bo‘lindi, bu bir taraf shaxsiy xayotga aralashishda Mu5 telekanalini ayblaganlar bo‘lsa, ikkinchi taraf esa va nixoyat bu mavzu olib chiqildi deya Mu5 telekanali jurnalistlariga ofarin aytishdi.
Biroz o‘tmay bir yangiliklar sayti ushbu xolat yuzasidan o‘sha efirga uzatilgan lavxalarda bir qiz o‘zini efirda ko‘rib, go‘yoki dori ichib o‘zini o‘ldirdi degan xabarni rasman e’lon qildi. Mu5 telekanalining "Markaziy studiya" dasturi ushbu xolat yuzasidan o‘z surishtiruv ishini olib borib, bu yolg‘on xabar ekanini aniqladi.
Xo‘p, xechkim o‘lmapti va asosiy mavzu bu xabarda emas, shu xabar tufayli xam bu mavzu yanada olovlangani uchun uning doirasida aytib o‘tib aniqlik kiritib ketyapman, aslida meni ta’sirlantirayotgani boshqa...
Mazkur xolat yuzasidan telekanal ma’muriyatiga Adliya vazirligidan xam fuqarolarning shaxsiy xayotiga aralishish xolatlariga kelgusida yo‘l qo‘yilmaslik xaqida xat kelib tushganidan xam xabardormiz...
AMMO LEKIN VA BIROQ!-degan joyi...
Xiyobon bu shaxsiy xududmi? Adashmasam ko‘chadagi mushtlashuvlar va urush to‘polon jamoat joyidagi bezorilik O‘zRJK 277-moddasi bilan va uy ichidagisi esa tan jaroxati 109, 104 va xokazo moddalar bilan aniq va lo‘nda ajratib qo‘yilardi. Bu masalani qonuniy tarafi , ma’naviy taraflarichi:
Nima uchun JAMOAT joyidagi bexayoliklar ochiq oydin keng omma ko‘z o‘ngida turgani ShAXSIY XUDUD deya ta’riflanmoqda?
Demak, bundan chiqdi istagan odam o‘z shaxsiy xayotidagi jinsiy aloqasini xam ko‘chadagi duch kelgan joyda amalga oshirsa bo‘ladi, shundaymi? Va mabodo o‘tib ketayotgan milisiya xodimi kelib e’tiroz bildirsa unda shaxsiy xayot deyish mumkin, shundaymi?
Bunaqada bemalol ko‘chani qoq o‘rtasida istagan payti odam istagan xunrezlikni qilsa bo‘lar ekanmi?
Qachondan beri shaxar bedarvoza bo‘lib qoldiyu men bexabar qoldim?
Bunday ko‘rsatuvlarni adashmasam "Yoshlar" va "Toshkent" telekanallarida xam ko‘rgandek edim. Yo jurnalistika faqat davlat telekanallariga mumkinmi? G‘alatiyu...
Mavzu doirasida shaxsiy xayot deya e’tiroz bildirayotganlar safidagilarni nimasiga tegib ketayotganini bilmadimu, ammo avvalo yuqorida keltirib berganimdek shaxsiy xayot uchun ShAXSIY xudud bo‘lgan uy va yotoqxona mavjud!
JAMOAT joyida ochiqdan-ochiq qilinayotgan barchasi jamiyat muxokamasida bo‘laveradi!
Ayniqsa bu boshqalarga salbiy ta’siri bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-xarakat va namoyishlarni nishon ostiga olish - kasbi taqozo etgan jurnalistlarni burchi xisoblanadi!
Jurnalist bu avvalo jamiyatdagi mavjud muammoni mavzu tariqasida muxokamaga olib chiqib uni bartaraf etishdagi mas’ul bo‘lgan ijod askaridir!
O‘sha xiyobonlarga e’tiroz bildirayotganlarni farzandi xam borib qolishiga xechkim kafolat bera olmaydi! Mana shunday mavzular olib chiqilayotgan ekan, "Kettik xiyobonga! Bir xiyobonni so‘lim joyiga olib borib a!" degan fikrlar o‘z o‘zidan yo‘qolib boraveradi.
Bu qanchadan qancha tarbiyasi va nafsi buzuqlarni tartibga solishda jurnalistdek jamiyat posbonini o‘rni katta bo‘ladi.
O‘sha bog‘larga biz farzandlarimiz bilan boramiz... xar nafsi buzuqqa imkon va sharoitni yotoqxonasidan to ko‘chagacha qo‘yib beraversak xojatxonani oshxonadan nima farqi qoladi?
Shu uchun bunday illatlarni, xususan oriyatli va musulmon xalqimizni kelajagiga salbiy ta’sir etuvchi muammolarni bartaraf etishda kurashayotgan jurnalistlarni oyog‘iga bolta urish bu jamiyat pokizaligi oldidagi katta xato va gunox!
O‘zini o‘ldirishdek tarqalgan mish-mishga esa, kuppa-kunduzi ko‘chada bexayolik qilib o‘tirgan odam oriyatdan o‘zini o‘ldirmasligini eslatib o‘tmoqchiman. Shunday bo‘lgan taqdirdayam, ochig‘i, bir bexayodan jamiyat forig‘ bo‘lsa bo‘lar. Qanday buyuk shaxslaru yaxshi odamlar xam olamdan o‘tib ketyapti...Biomusorlar esa serob!
Negizimizni unutmaylik, o‘zbekmiz, musulmonmiz! Bu esa xammasidan ustun!
(s) Sayyod