Oksana Chusovitina uchun yangi yil sovg‘asi biroz erta hadya qilindi. Bu uning Olimpiada o‘yinlarida eng ko‘p ishtirok etishi bilan bog‘liq. Ya’ni, Olimpiada o‘yinlarida ketma-ket yetti marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) ishtirok etgan 41 yoshli o‘zbekistonlik gimnastikachi “Ginness rekordlari” kitobiga kiritildi. Bu haqda Oksana Chusovitina o‘zining Instagram’dagi sahifasida elon qilgan.
Oksana Chusovitina ijtimoiy tarmoqdagi surati ostiga “Endi men rasman “Ginness rekordlari” kitobiga kiritildim”, deb izoh qoldirgan.
Sport gimnastikaui bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina 1975 yil 19 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Barselona shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchi 2006-2012 yillarda oilaviy muammolari sabab Germaniyada yashashiga to‘g‘ri kelgan va shu yillar davomida o‘tkazilgan musoboqalarda Germaniya terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2013 yildan yana O‘zbekiston termasi tarkibiga qaytgan.
Oksana Chusovitina faoliyati davomida Osiyo o‘yinlari chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.