O‘zbekistonda "Umra-2015" ning dastlabki ziyorati 9 fevraldan boshlanadi
Saudiya Arabistoni Podshohligining “al-Hidoya” xalqaro shirkati vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida “al-Hidoya” xalqaro shirkati mutasaddilari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda 2015 yil Bahor va Ramazon mavsumlarida Makka va Madina shaharlarida o‘zbekistonlik umra ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy sayti xabar beradi.
Unga ko‘ra “Umra-2015” mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarning soni va Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatish alohida belgilab qo‘yildi. Shartnomaga muvofiq, ziyoratchilarimiz Madina shahrida “Ajniha at-Toyyiba” va Makka shahrida “Nama Mavadda” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar.
“Umra-2015” Bahor mavsumining dastlabki ziyorati 2015 yilning 9 fevralidan boshlanishi ta’kidlandi.