O‘zbekistonda qaysi hudud aholisida avtomobillar soni ko‘p?
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 3 268 470 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 135 872 ta;
• Andijon viloyati – 223 783 ta;
• Buxoro viloyati – 212 757 ta;
• Jizzax viloyati – 90 860 ta;
• Qashqadaryo viloyati – 260 583 ta;
• Navoiy viloyati – 97 439 ta;
• Namangan viloyati – 218 613 ta;
• Samarqand viloyati – 392 475 ta;
• Surxondaryo viloyati – 183 364 ta;
• Sirdaryo viloyati – 68 278 ta;
• Toshkent viloyati – 324 154 ta;
• Farg‘ona viloyati – 325 009 ta;
• Xorazm viloyati – 210 255 ta;
• Toshkent shahri – 525 028 ta.