O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 53 tiyinga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 19-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2893 so‘m 92 tiyin etib belgilandi. Bu 12-apreldagi kursga nisbatan 5 so‘m 53 tiyinga ko‘p.
19-apreldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3295 so‘m 98 tiyin (12-apreldagi kursga nisbatan 9 so‘m 45 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 83 tiyin (12-apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 1 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.