O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 28 tiyinga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 31-maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2924 so‘m 63 tiyin etib belgilandi. Bu 24-maydagi kursganisbatan 5 so‘m 28 tiyinga ko‘p.
31-maydan e’tiboran 1 yevro qiymati 3326 so‘m 48 tiyin (24-maydagi kursga nisbatan 7 so‘m 92 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 444 so‘m 47 tiyin (24-maydagi kursga nisbatan 1 so‘m 54 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 28 tiyin (24-maydagi kursga nisbatan 30 tiyin qimmat) etib belgilangan.