O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 16 tiyinga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 26-iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2964 so‘m 3 tiyin etib belgilandi. Bu 19-iyuldagi kursga nisbatan 5 so‘m 16 tiyinga ko‘p.
26-iyuldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3291 so‘m 37 tiyin (19-iyuldagi kursga nisbatan 10 so‘m 75 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 443 so‘m 87 tiyin (19-iyuldagi kursga nisbatan 2 so‘m 13 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 45 so‘m 86 tiyin (19-iyuldagi kursga nisbatan 98 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.