O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 63 tiyinga qimmatlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yil 23 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun joriy etish maqsadida xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 4 so‘m 63 tiyinga qimmatlashib, 2 ming 550 so‘m 85 tiyinni tashkil etdi. Yevro yangi kursga ko‘ra, 20 so‘m 81 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 ming 883 so‘m 89 tiyinga teng bo‘lib turibdi.
Joriy hafta Rossiya rubli so‘mga nisbatan yana qimmatlashdi. 1 Rossiya rubli yangi kursga ko‘ra, 71 tiyinga qimmatlashib, 47 so‘m 41 tiyinga teng bo‘lib turibdi. Bir hafta avval 1 rubl miqdori 46 so‘m 70 tiyinni tashkil qilayotgan edi. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.