Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 23-yanvar kuni havo quruq va sovuq bo‘ladi


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 23-yanvar, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 daraja sovuq, kunduzi 6—8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 4—9 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1899 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo, O‘zbekistonda, 23-yanvar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное