24 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent shahridagi "Bunyodkor" o‘yingohida JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Filippin termasiga qarshi o‘tkazdi.
O‘yinning asosiy vaqtida 1 kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.
O‘yinning 10-daqiqasida Filippin hujumchisi Porteriya qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi butun bo‘lim davomida ustunlikka ega bo‘ldi, ammo raqiblar darvozaboni Neil Eteridje barcha zarbalarni qaytarib qolaverdi.
Ikkinchi bo‘limda Babayan Hasanov va Geynrixni maydonga tushirdi va o‘yinda jonlanish yuz berdi. Aynan Aleksandr Geynrixning uzatmasidan keyin Anzur Ismoilov to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Olis burchakka borayotgan to‘pni bu safar Eteridje qaytara olmadi - 1:0.
O‘yinda muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. O‘zbekiston terma jamoasi 80 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, Filippinni kichik hisobda mag‘lub etdi va ochkolar sonini 18taga yetkazib guruhda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
JCh-2018, Saralash bosqichi
N-guruhi, 9 tur
O‘zbekiston - Filippin 1:0
Gol: Anzur Ismoilov (59)
Chetlatish: Xose Porteria (10)
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 8.Server Jeparov (Aleksandr Geynrix 57), 9.Odil Ahmedov (S), 10.Sardor Rashidov (Marat Bikmaev 72), 11.Igor Sergeyev, 14.Javohir Sohibov, 19.Vitaliy Denisov, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 23.Eldor Shomurodov (Jasur Hasanov 52)
Filippin: 1.Neil Eteridje, 4.Simone Rota, 5.Juan Guirado (S), 6.Luke Vudland (Dominik del Rosario 90+2), 7.Yan Remsey (Kenshiro Daniels 64), 11.Sato Daysuke, 12.Amani Aguinaldo, 18.Patrik Reychelt (Dennis Vilyanueva 70), 20.Xaver Patino, 21.Martin Steuble, 23.Xose Porteria
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
24 mart. Toshkent. "Bunyodkor". 34000 tomoshabin.
|