Turli musiqali televizion-shoular qatnashchisi, iste’dodli yosh ijrochi Ulug‘bek Xaliqov Toshkent ahlini hayratda qoldirdi. Xonanda kafe mijozlari, avtobus yo‘lovchilari, shahar ko‘chalaridagi piyodalar oldida chiqish qildi.
U sozanda do‘stlarining turli musiqa asboblari jo‘rligida o‘zbek va chet tillardagi xit qo‘shiqlarni ijro etdi. Ushbu noan’anaviy musiqiy chiqish atrofdagilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tomoshabinlarning ba’zilari musiqaga mos ravishda raqsga tushsa, qolganlari hayratomuz shouni video tasvirga olib, yaqinlari bilan baham ko‘rishdi.