O‘zbek xonandalarining Dubaydagi konserti bekor qilindi
Munisa Rizayeva, Rashid Xoliqov, Ziyoda va “Bojalar” va Shukurining Dubaydagi konserti bekor qilindi.
Xonanda Munisa Rizayeva 31 dekabr kuni BAAning Dubay shahridagi Palazzo Versace mehmonxonasining yangi yil bazmida ishtirok etib, konsert dasturini taqdim etishi haqida ma’lum qilingan edi.
Xabarlarga qaraganda, shu yilning 31 dekabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rashid Xoliqov, Ziyoda Qobilova, qiziqchi Shukurillo Isroilov, shuningdek “Bojalar” guruhi ham Dubaydagi yangi yil bayrami munosabati bilan tashkillashtirilayotgan konsert dasturlarida ishtirok etish uchun tadorik ko‘rishayotgan ekan.
Chiptalar taxt, xonandalar yo‘lga otlanay deb turganda esa konsert bekor qilindi. To‘g‘rirog‘i Rashid Xoliqov, Ziyoda, Munisa Rizayeva va “Bojalar”ning Dubay sahnasida kuylashiga ruxsat tegmadi. Bu ma’lumotni “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining mas’ul xodimlari ham tasdiqladi. Bu haqida Shukurillo Isroilov, Rashid Xoliqov va Ziyoda Qobilovaning ma’murlariga qo‘ng‘iroq qilganimizda bu yangilikdan hali xabar topishmaganini aytishdi.
Konsert dasturining afishalari allaqachon chiqarilgan, chiptalar sotuvi ham boshlangan bir paytda konsert tashkilotchilari bu xabardan qay holatga tusharkin?