Oliy o‘quv yurtida tahsil olgan hamda bola parvarishi uchun ketgan davr ish stajiga qo‘shiladimi?
N.Shukurova, Farg‘ona viloyati
M.ZIYaDULLAEV, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari:
— “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi quyidagi bandlari pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:
ye) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;
j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 3 yil.
Mazkur bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning "a"-,,g" bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy staj kamida 5 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.