O`zbekistonlik aktrisa Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” deb topildi.
Qirg`izistonning “Ak ilbirs-2017” Milliy mukofotiga rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Hazonrezgi” filmi 3 nominasiyada nomzod sifatida ko`rsatilgani haqida avvalroq xabar bergandik.
14 aprel kuni Bishkekda bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida mazkur filmdagi bosh rolni gavdalantirgan aktrisa Feruza Saidova “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” deb topildi. Bu haqda film operatori Azizbek Arzikulov o`zining Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
Mazkur nominasiyada aktrisa bilan Tojikiston va Qozog`istonlik aktrisalarning nomzodi qo`yilgandi.
Eslatib o`tamiz, “Hazonrezgi” “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi”, “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktyori», “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi”.
Fursatdan foydalanib, film ijodkorlari hamda aktrisa Feruza Saidovani mazkur g`alaba bilan muborakbod etamiz!