16 fevral kuni O`zbekiston bo`ylab havo o`zgaruvchan bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchiliklar kuzatiladi (yomg`ir, qor).
Respublikamizning tog`li tumanlarida sel kelish va qor ko`chish xavfi bor.
Joylarda tuman tushadi.
Shuningdek O`zgidromet 17 fevraldan havoning keskin o`zgarishi haqida ma`lumot beradi. 17-19 fevral kunlari respublika hududi bo`ylab yomg`ir va qor yog`adi. Shamol soatiga 17-22 m/s kuchayishi mumkin. 20-22 fevral kunlari havo harorati tunda 7-12 ˚S sovuq, kunduzi 0-5 ˚S sovuq bo`ladi.
16 fevralga ob-havo ma`lumoti.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.