O`FFning Vitaliy Denisov bilan bog`liq vaziyat yuzasidan bayonoti
O`zbekiston terma jamoasi Vitaliy Denisov bilan bog`liq holatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va futbolchining tvitter orqali yozgan fikri OAVda keng muhokama qilinayotganidan xavotirda ekanini bildiradi.
Ayni paytda O`zbekiston futbol federasiyasi vaziyatni tubdan o`rganmoqda hamda futbolchi bilan tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma`lum qiladi.
Denisov bilan olib borilgan suhbat davomida futbolchi o`zining fikri orqali hech qanday yomon maqsadni ko`zlamagani aniq bo`ldi. O`zbekiston terma jamoasi unga to`liq ishonadi va futbolchini qo`llab-quvvatlashini bildiradi.
O`zbekiston futbol federasiyasi futbol ommasidan vujudga kelgan tushunmovchilik bo`yicha chuqurlashmaslikni so`raydi hamda 15 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o`yin bo`ladigan muhim o`yin arafasida jipslashishga chaqiradi.