O'zbekiston hukumatida yana bir jiddiy o'zgarish ro'y berdi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Adham Ahmadboyev lavozimidan ketdi.
Ishonchli manbaning ma`lum qilishicha, endilikda shu vaqtgacha Jizzax viloyati IIB boshlig'i sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan Abdusalom Azizov O'zbekiston Respublikasi IIV rahbarligiga tayinlangan
Adhamjon Ahmadboyev 2013 yilning dekabrida O'zbekiston IIV rahbarligida Bahodir Matlubovning o'rnini egallagandi
endi u prezidentning huquq-tartibot organlari ishi bo'yicha davlat maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi.
Abdusalom Azizov Jizzax viloyati IIB rahbarligidan oldin turli yillarda respublika IIV rahbari birinchi o'rinbosari, "O'zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi raisi va "O'zbekneftmahsulot" kompaniyasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U shuningdek, 2008 yilda O'zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida ma`lumotlar bor.