Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Nima uchun margarin iste’molidan tiyilish kerak?

Margarin sariyog‘dan qimmatligi va ayrim taomlarning saqlanish muddatini cho‘zishga yordam berishi hisobiga eng mashhur hisoblanadi. Tarkibida hayvon yog‘i, ya’ni xolesterin koni hisoblangan margarindan XX asrda sariyog‘ning muqobili sifatida foydalanilgan. Ammo zamonaviy tadqiqotlarda ushbu mahsulot sog‘lik uchun zararli ekani, salomatligi haqida qayg‘uradigan kishilar undan tiyilishi kerakligi aniqlangan.

Minglab bemorlarga ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradigan britaniyalik mashhur shifokor-parhezshunos Maykl Mosli, qayta ishlangan mahsulot hisoblangan margarin iste’molini kamaytirish kerakligini ta’kidlaydi.

“O‘simlik yog‘i xona haroratida suyuq bo‘lgani uchun ishlab chiqaruvchilar uning tuzilishini o‘zgartirish uchun gidrogenizatsiya jarayonini muhim deb biladi. Oqibatda transyog‘lar paydo bo‘ladi. Ushbu birikma yurak-qon tomirlar, immun tizimi, oshqozon-ichak trakti uchun xavfli hisoblangan, shuningdek, semirish, qandli diabet va onkologik kasalliklarini keltirib chiqaradi”, — degan Mosli. Parhezshunosning qo‘shimcha qilishicha, sariyog‘ butkul tabiiy mahsulot sanaladi, uning tarkibidagi to‘yingan yog‘lar esa organizm uchun faqatgina xavfli emas, ba’zan zarur bo‘ladi.

“Sariyog‘ni kanda qilmaslik tavsiya qilinmaydi, ammo ushbu mahsulotni organizmga zarar yetkazadigan margarindan farqli o‘laroq me’yorda iste’mol qilish muhim”, — deydi mutaxassis.

Sariyog‘dan tashqari, shifokor taom tayyorlashda zaytun va kokos yog‘idan foydalanish hamda ratsiondan to‘yinmagan yog‘larni o‘z ichiga oladigan turli mahsulotlar o‘rin olishi kerakligini ma’lum qiladi. “Xilma-xil va to‘laqonli ovqatlanish — salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun muhim sanaladi, shu sabab ham iste’mol mahsulotlaringizga e’tiborli bo‘lib, zararli mahsulotlardan tiyilish kerak”.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 1282 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tiyilish, Kerak, Uchun, iste’molidan, NIMA, margarin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное