Nigora Karimboyeva: xunuksan, sendan aktrisa chiqmaydi, deyishgandi
Aktrisa va teleboshlovchi Nigora Karimboyeva kino va televidenie sohasidagi va ustoz sifatidagi faoliyati haqida “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Aktrisa institutga qabul qilinishi bilan bog‘liq ayrim qiyinchiliklarni quyidagicha xotirladi:
— O‘sha paytda 16 yoshda edim. Juda qattiq xafa bo‘lganimdan yig‘lab yuborganman. Chunki, otam qarshilik qilganiga qaramay, onam bilan yashirincha borgan edim. Imtihonda o‘tirgan hakamlardan biri “Senda aktrisalik qobiliyatini ko‘rmadim”, deb yuzimga aytgan. To‘g‘rirog‘i xunukkina ekansan”, degan. Juda yomon holatga tushganman o‘sha payt. Onam kulguga olib, “Ranjima, yalmog‘iz kampirlarni ham kimdir o‘ynashi kerak”, deb ko‘nglimni ko‘targan. Buni qarangki, institut bo‘yicha o‘sha yili eng yuqori ball to‘plab, davlat granti asosida o‘qishga kirganman.