Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar yuziga niqob taqqan shaxs Navoiy viloyati hokimligi binosi yonida ko‘rinish berib, havoga o‘q uzgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu videorolik joriy yilning avgust oyida tasvirga olingan bo‘lib, 7 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan.
“Maqsad yomon emasdi, shunchaki ko‘rgan videolarimizga taqlid qilib olgandik”, deydi ushbu holat ishtirokchilaridan biri.
Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida olingan qurol o‘yinchoq bo‘lgan.
“Niqob taqqanim uchun meni topa olishmaydi, deb o‘ylagandim. Lekin bu bir kunga ham bormadi. Qilgan ishim uchun afsusdaman”, deydi yana bir ishtirokchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, videodagi bolalarning biri maktab o‘quvchisi bo‘lib, u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ko‘proq obunachi to‘plash maqsadida ushbu harakatlarni sodir etgan
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.