Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

MY5 - ochilishidanoq a’lo kayfiyat ulashgan telekanal!

Yangi telekanal ochilishi hammadan ko‘ra ko‘proq san’at ahlini xursand qildi. Axir, ularning ko‘pi yangi kliplarini “Navo” musiqiy kanalining badiiy kengashidan o‘tkaza olmay joni halak edi. Kliplar uchun majburiyatlar “qattiq”ligi ko‘pchilik xonandalarning hafsalisini pir qilayotgandi. Endi esa ularning “MY5”dan umidi katta.
Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Yoshlar Madaniyat va San’at Markazi ,“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan yangi telekanal ko‘ngilochar, madaniy-musiqiy ko‘rsatuvlarni namoyish etadi.  Jurnalistlar yangi g‘oyalar ustida javlon urib, ter to‘kmoqda.
“MY5” telekanali ham o‘z badiiy kengashini tuzishga ulgurdi. Kliplarni “guruchni kurmakdan tozalagandek” saralash vazifasi “O‘zbeknavo” mas’ullari zimmasiga yuklatildi. Ayni paytda turfa kliplar badiiy kengashga taqdim etilmoqda. Telekanal efiri test rejimidan o‘tgunga qadar, taxminan bir oy davomida kliplar bepul tarzda “aylantiriladi”.  Unga qadar efirga chiqish shartlari va narx-navo listi ishlab chiqilishi mumkin.
 “MY5” tez orada shuhrat qozonishiga shubha yo‘q. Axir, tajribali telexodimlar guruhi, ahil ijodiy jamoa anchadan beri izlanib kelmoqda.
Kanal nomidagi “5” raqami “a’lo” ma’nosini ifoda etishini inobatga olsak, ommani zeriktirmaydigan, “a’lo” ko‘rsatuvlar namoyish etiladi degan umiddamiz.
J.HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12991 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 1| Рейтинг: MY5, Mening Yuyrtim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
N4405747 Nurik Buxoroda bu kanal nega k6rsatmayapti?
Like | 0
Akbar1122 Admin 12 talik tunirdan topmadi surxondaryodayam ochiqmi.
Like | 0
Akbar1122 12 talikda ham bormi surxondaryoga ham ochiqmi admin?
админ15 talik turida mavjud.
Like | 0
N4405747 Buxoroda bu kanal nega k6rinmayapti?
Like | 0
als Faqat awula bn reklama berarkan
Like | 0
Zoxan Bu kanal yug'u tv da.wu xar doimgi 12 13 ta kanal körsatyapdiku.poisk qildim natija yöq.xurmatli admin bilsayiz aytvoring nima qiliw kerek.
Like | 0
sherzod9121 Ee zur bulibdi lekin tv markazdan keyin odamlar juda zerikib qoluvdi
Like | 0
Dilshodbek2010 MY5 butun UZB bo'yichami ili faqat Toshkent uchunmi? javob yozvoring Admin maLol kemasa
админHozircha bu telekanal sinov rejimida.
Agar sizda raqamli tv bolsa unda ko'rsatadi. Raqamli IPTV tarmog'ini siz Uztelecom proveyderlaridan ulashingiz mumkin. agar sizda oddiy antenna bo'lsa unda bu konal korsatmaydi.
Like | 0
NuR_KR Omad MY5
Like | 0
als Zur kanalakan!!!!
Like | 0
aysberg янги телеканал қачон очилади?
Like | 0
CCCR Zo'ru my5 5de....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное