Munisa Rizayevaning qo‘shiqlarini xonandalar ko‘chirgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayevaning ikki qo‘shig‘i qozog‘istonlik va kavkazlik xonandalar tomonidan ko‘chirildi, deb xabar bermoqda “Sayyod.com”.
Munisa Rizayevaning “Sekin-asta” qo‘shig‘i qozoq tilida asliga deyarli birga-bir tarzda faqatgina qozoq tilida qayta kuylangan. Jan Ahmadiyev va Indira tomonidan “Shekten aspa” nomi bilan kuylangan qo‘shiqning asl muallifi ko‘rsatilib cover turi sifatida yozib qo‘yilgan.
Kavkaz taraflarda esa Ayshat Aysayeva ismli qo‘shiqchi Munisa Rizayevaning rus tilidagi “Ubegi” qo‘shig‘ini “Ubegay” deb deyarli aynan holatda qayta kuylagan.
“Sayyod.com”ning qayd etishicha, yuqoridagi plagiatning har ikki holati yuzasidan Munisa Rizayeva faqatgina xursand ekanligini bildirgan.