O‘zbek estradasining eng mashhur ayol xonandalaridan biri Munisa Rizayevaning Instagram’dagi sahifasi buzildi. Bu haqda xonanda o‘zining yangi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Hozirda 1000ga yaqin “follower” to‘plagan yangi sahifada xonanda sahifasining buzib kirilgani haqida videomurojaat qilgan va foydalanuvchilardan ushbu videomurojaatni tarqatishda yordam berishni so‘ragan.
Xonandaning buzilganligi taxmin qilinayotgan eski sahifasidagi oxirgi suratga “Mening sahifamni buzib kirishgani yo‘q. Bu kiber ataka”, deb izoh qoldirilgan.