Munisa Rizayevadan yangi taronani qarshi oling - “Sakramento”
Yakkaxon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan estradamizning yorqin yulduzi Munisa Rizayeva yangi g‘oyalar, yangi tarona va videokliplar ustida ish olib bormoqda.
Muxlislari uchun tinmay ijodiy izlanishda bo‘lgan xonanda bugun O‘zbegim taronasi radiosining premera loyihasi orqali yangi kompozisiyasini taqdim etdi. “Sakramento” deb nomlangan sho‘x hamda kayfiyatni ko‘tarib, raqsga chorlaydigan bu qo‘shiq muxlislar tomonidan kutilganidan ham a’lo darajada baholandi.
“Sakramento” taronasining muallifi iste’dodli ijodkor Eldor Qayumov. Aranjirovkasini esa Jasur Badalboyev amalga oshirgan. Radioto‘lqin uzra ilk bor jarang sochganidayoq tinglovchilarga manzur kelgan ushbu musiqiy asar o‘ylaymizki, xit darajasiga ko‘tarilib, yakkaxon konsert dasturida yangraydigan qo‘shiqlar qatoridan munosib joy egallaydi.
Bu hali hammasi emas. Oldinda haqiqiy megashov turibdi. Sevimli xonandangizdan eng qaynoq xabarlarni birinchilardan bo‘lib faqat saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin. Shunday ekan, bizdan yiroqlashmagan holda, kuzatishda davom eting.