Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva yana bir marotaba tanqidchilarni “Xudoga soldi”

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda ko‘plab muhokamaga sabab bo‘layotgan xonanda Munisa Rizayeva 19-21 oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkazgan konsert dasturidan so‘ng yana bir bora internet qahramoniga aylandi. Voqea tafsilotlari “Darakchi” gazetasida keltirildi.
Gap shundaki, konsertning oxirgi kuni bo‘lmish 21 oktyabrda xonanda tug‘ilgan kunini nishonlayotgan edi. Konsert chog‘ida Rizayevaga “syurpriz” tariqasida katta ekranda Rossiya va Ukraina estrada yulduzlari Filipp Kirkorov, Ani Lorak, Valeriy Leontev, Stas Mixaylov, Nikolay Baskov va boshqalarning tabriklari namoyish etildi. Ta’kidlanishicha, bu tabrikdan Rizayevaning o‘zi ham juda xursand bo‘lgan va, balki uning montaj ekanligidan bexabar bo‘lgan.
Ertasiga aktrisa Shahzoda Muhamedova ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga o‘sha videodan parcha joylashtirilganda ayrim foydalanuvchilar tezda uning originalini topib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, klip rossiyalik xonanda Lolitaning 50 yilligi munosabati bilan yo‘llangan tabriklar kesmasidan iborat ekan.
Bu holat muxlislar o‘rtasida qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Munisa Rizayevaning o‘zi ham muhokamani kuzatib borgan shekilli, o‘zini tutib turolmadi va birozdan so‘ng video ostiga “Odamlar, uyalmaysizmi, tuhmat qilishga? Hammangizni Xudo soldim”, deya izoh qoldirdi.
Bunday vaziyat nega yuzaga kelganini konsert bosh rejissyori Rustam Shamsiddinov ham aniq tushuntirib bera olmadi.
“Syurpriz”ga keladigan bo‘lsam, - dedi u, - buni Munisaning fan-klubi a’zolari tayyorlashgan. Nima maqsaddaligini bilmadig-u, tabriklarni to‘plab, uni Munisaga qayta taqdim etishgan”.
“Balki rejissyor va fan-klub a’zolari “syurpriz qilishmoqchi bo‘lishgandir, ammo bu Munisa uchun omadsiz sovg‘a bo‘ldi deb o‘ylaymiz, - xulosa qildi material muallifi. – Aniqrog‘i, aslida boshqa bir yulduzga atalgan, internetdan shundoq ko‘chirilib taqdim etilgan ushbu sovg‘a darhaqiqat Munisani noqulay ahvolga solib qo‘ygani achinarli bo‘ldi”.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5036 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tanqidchilar, yana bir marotaba, Xudoga soldi, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 03.11.2015 | 21:29 #1 Страница с комментарием
omina1710 To'g'ri qilasiz xudoga solib. Xudo o'zi jazolasin bunaqa kovlovchilarni, ularga nima ularga atalmaganku sovg'a (qanaqa bo'lsa ham). Jazoni xudo beradi bandasimas, muhimi konsertni yaxshi o'tkizvoganiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное