Munisa Rizayevaning fikricha, ayol kamida o‘zi uchun har doim go‘zal bo‘lib yurishi kerak. Bu haqda xonanda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Oldinlari kulishga uyalardim, chunki tishim xunuk edi. Tishimni davolatdim, shu bilan birga burnimni operatsiya qildirganman”, — dedi xonanda.
“Doim o‘zimga qarab yuraman. Bu ayol kishi uchun muhim. Ayol, avvalo, o‘zi uchun go‘zal bo‘lib yurishi kerak. Chunki ayol qanchalik go‘zal bo‘lsa, o‘ziga nisbatan ishonchi ortadi”, — dedi Munisa Rizayeva.