Munisa Rizayeva sevgan insonining Xiyonatidan o‘ziga kelolmayotganini aytdi
Bu xonanda haqida turli gap-so‘zlar eshitishga o‘rganib qolganmiz. Ayniqsa so‘ngi besh yil ichida do‘stlar xiyonati, ijodiy inqiroz qaddini biroz bukkandek bo‘ldi-yu, lekin fe’lidagi qat’iyat uning sinishiga yo‘l qo‘ymadi. O‘z sohasining fidoiysi, mehnatkash ijodkor — Munisa Rizayeva “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi.
Xususan, xonanda so‘nggi paytlarda tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirib, uning sabablarini quyidagicha izohladi:
“Bu holat shaxsiy hayotimdagi voqealar bilan bog‘liq. Matbuotga rasman e’lon qilmagan bo‘lsamda, hamkasblarim, yaqinlarim turmushga chiqishni rejlashtirayotganimni bilishardi. To‘y kunini o‘tgan yildagi konsertimdan keyinga rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonimning xiyonati tufayli to‘yimiz to‘xtatildi. Shundan keyin uch oy o‘zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi qiyin ekan. Uni unutish maqsadida, ko‘proq sayyohatda yurishga harakat qildim. Hozir bu haqda biroz oson gapiryapman. Ammo uch oy oldin “nega xiyonat qildi?”, “odamlar to‘yim haqida so‘rashsa nima deyman?”, kabi savollar ich-etimni kemirib ado qilgandi. Qolaversa, san’aktorlar doim barchaning diqqat markazida bo‘lishadi. Ochig‘i, yana gap-so‘zlarga qolishdan qattiq xavotirga tushgandim. Chunki salbiy gaplarni eshitish oson emas. Ammo vaqt hamma narsaga davo ekan. Oradan oylar o‘tib, endi-endi uni unuta boshladim... Hayotning turli zarbalariga chidash uchun insonning irodasi kuchli bo‘lishi kerak ekan. Bundan keyin hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman”.
Munisa Rizayeva bilan to‘liq intervyuni yaqin soatlarda saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.