Munisa Rizayeva o'zbek tilini o'rganishga astoyldil kirishdi!
19-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Discovery do‘konida Munisa Rizayevaning yangi albomlari qo‘shiqlar va konsert dasturi diski taqdimoti bo‘lib o‘tdganligi haqida avval habar bergan edik. Taqdimotda tabiiyki xonanda o‘z muxlislari hamda jurnalistlar savollariga javob berdi.
Yangi albomida nimaga urg‘u berishi haqidagi savolga javob berar ekan, Munisa bu yilgi albomidan joy oladigan qo‘shiqlarning so‘zlariga alohida e’tibor qaratayotgani, chunki qo‘shiq avvalo unga asos qilib olingan she’r ma’nosiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. O‘zining aytishicha, Munisa ayni paytda o‘zbek tilini chuqur o‘rganish uchun repetitorga qatnamoqda va hozirgacha yaxshi natijalarga erishdi.
Xonandaning muxlislaridan biri rus tilida gapiradiganlar uning qo‘shiqlari matnini rus yoki boshqa tillarda qayerdan topishi mumkinligini so‘raganida, Rizayeva ularga o‘zbek tilini o‘rganishni maslahat berdi. O'zi ham o'zbek tilini o'rganishga kirishganini buning uchun aloxida ustoz bilan shug'illanyotganlini takidladi, zero “O‘zbekistonda yashab turib o‘zbek tilini bilmaslik yaxshi emasligi”ni bayon qildi. Chunki davlatimizda turli millat va elat vakillari mavjud. Ular o'zga millat bo'lsa ham o'zbek tilini o'rganishadi, biz endi o'zbek bo'la turib o'zbek tilini bilmasak bu uyat kabi so'zlar bilan Munisa Rizayeva o'z fikrini yakunladi.