Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda xaridorlar bilan yaxshi munosabatda bo‘la oladigan, tajribasi bor sotuvchi qidirayotgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Qalampir.uz” nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, xonanda poytaxt markazida Monis nomli ayollar liboslari do‘konini ochish arafasida. Ayni kunlarda ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu do‘kondan modalar atelesi ham o‘rin oladi.
“Aytish lozimki, ayollar liboslari do‘konini ochish Munisa Rizayevaning tadbirkorlikdagi ilk qadami emas.Toshkent shahrida Munisaning xususiy mehmonxonasi bor”, — deyiladi xabarda.