Munisa Rizayeva: “Men balki turmushga chiqqandirman?!”
Xonanda Munisa Rizayeva ayni paytda kubalik xonanda Isaak Real bilan ijro etiladigan duet tarona ustida ish olib bormoqda. Mazkur duetda xonanda o‘zbek tilida, Isaak esa ispan tilida kuylaydi. Xonanda “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida ijodi, shaxsiy hayoti haqidagi ko‘plab savollarga javob berdi.
“Menga ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p beriladigan savol-‘Qachon turmushga chiqasiz?’ Bu savolga men butun umr kelin bo‘lib qolaman. Albatta, bu shaxsiy ish va uni hammaga oshkor qilishni istamayman. Balki, men allaqachon turmushga chiqqandirman?”, —deydi xonanda.
Shuningdek, Munisa Rizayeva “Erkak kishi-bosh, ayol kishi bo‘yin” iborasi tarafdori ekanligi hamda o‘zining erkak kishiga bo‘ysuna olishini ham ta’kidlab o‘tgan.
“Erkaklar tabiatan biz ayollardan kuchli qilib yaratilgan. Ammo biz ayollarga insonga hayot baxsh etish mas’uliyati ishonib topshirilgan. O‘zingiz o‘ylang, bu qanday mas’uliyat? Ammo, erkak kishiga ayol kishi o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsatmasligi kerak. Ayollar erkaklarning oldida kuchsiz va zaifa bo‘lishi kerak, toki erkaklar ularga hamisha suyanishimizni his etsin”, — deydi xonanda.