Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining butik-atelesiga tikuvchilarni ishga qabul qilishi haqida ma’lum qildi.
“Diqqat! Ishlab chiqarish oshayotgani va kengaytirilayotgani sababli “Munis butik atelesi” yangi ish o‘rinlariga nomzodlarni qabul qilishi haqida e’lon qiladi. Ish tajriba juda muhim. Agar siz o‘z ishingizning ustasi bo‘lsangiz, unda siz jamoamizga qo‘shilishingiz kerak”, deb yozadi xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasida.