Munisa Rizayeva bilan suxbat (barcha-barchasiga oydinlik kiritildi)
O‘zbek estradasining mega yulduzi xonanda Munisa Rizayeva va’da etilganidek o‘zining yakkaxon konsert dasturi oldidan O‘zbegim taronasi radiosiga muhlislari va tinglovchilari bilan bo‘ladigan ochiq-oydin suxbatga shay bo‘lib keldi. Suhbatni Dilmurod G‘ulomov olib bordi va intervyuni nafaqat yurtimizda, balki dunyoning turli burchaklarida onlayn tizimida tinglashayotganini aytib o‘tdi. Dilmurod G‘ulomov:
- Men bir necha yillar avval ''Nega-nega'' taronangizni efirga uzatardim. Bu qo‘shiq xit bo‘ldi, lekin birdan ommaviy axborot vositalari sizni chet elga ketdi, degan xabar tarqatdi. O‘qish yuzasidan ketgandingizmi yoki boshqa sabablar... shulardan boshlaymiz. Munisa Rizayeva:
- Ochig‘ini aytsam, professional ijodga 2010 yilda kirib kelgan bo‘lsam, aslida olti yoshimdan qo‘shiq kuylashni boshlaganman. 2004 yili ''Tarona'' taqdimotida ishtrok etganmiz, qolaversa, ''Umid yulduzlari'' festivalida ham qatnashganman. Kichkinaligimda esa ''Sezam'' guruxi ishtrokchisi edim. Malika Axmedova raxbarligidagi raqs guruxiga xam qatnashganman. Dilmurod G‘ulomov:
- 2010-2011yillardan ijodingiz muhim start oldi. Ketma-ket xitlar, ''Ayrilma yor'', ''Ko‘zlarim yana'', ''Engilmas sevgi'' kabi taronalaringiz xit buldi va xammayokda sizni qo‘shiqlaringiz yangray boshladi. Munisa Rizayeva:
- Bilasizmi, ilk taronalarim 2010-yil chiqgan bo‘lsa-da, Munisa Rizayeva bo‘lib tanilishim ''Ayrilma yor'' qo‘shig‘imdan keyin bo‘ldi. Shu qo‘shig‘im chiqishi bilan bir haftadan keyin siz aytgandek, ko‘chalarda, bozorlarda, telefonlarda va mashinalarda eshitib xursand buldim. Yaratganga shukr, o‘zimni niyatimga erishdim. Dilmurod G‘ulomov:
- Sizga muxlislardan savollar kelgan, aksariyati yakkaxon konsert dasturida nimalar bo‘ladi, degan mavzuda.
- Xozirgi vaqtda ko‘p narsalar sir saqlanmokda.
- Studiyaga kirib kelar chog‘ingiz raqqoslardan birining ko‘li singani xakida eshitdim. Demak, qandaydir kutilmagan va hattoki hayolga ham kelmagan narsalar bo‘ladi. Munisa Rizayeva:
- Bir sirni ochaman, konsert teatrlashtirilgan saxna kurinishlaridan iborat bo‘ladi. Men filmlarda xam rollar ijro etganman va konsertda nafakat xonanda, balki aktrisalik qobiliyatimni ham namoyon etmoqchiman. Dilmurod G‘ulomov:
- Konsertning nomi ''Qalbim navosi'' deb nomlangan nima uchun? Munisa Rizayeva:
- Chunki qo‘shiqlarim mening qalbimdan chiqgan hislar. Yuragimda jo‘sh urgan tuyg‘ular qo‘shiqlarimda aks etadi. Konsertimga tashrif buyurgan muhlislarim meni qalbimni sezishsa men hursand bo‘laman. Shuning uchun ham konsert dasturim nomi ''Qalbim navosi'' deb nomlanadi. Dilmurod G‘ulomov:
- Professionallardan urganish kerak, deyishadi. Siz qaysi xamkasbingizdan o‘rganishingiz mumkin. Deylik, jaxon yulduzlaridan bulishi mumkin... Munisa Rizayeva:
- Aslida xayotda xar bir insondan nimadir o‘rgansa bo‘ladi. Professional qilolmagan narsani oddiy inson bajarishi mumkin. Hayotning o‘zi katta maktab. Dilmurod G‘ulomov:
- Munisa Rizayeva sizni muzlislaringiz orasida sevgi izxor kilib, uylanaman, degani bulganmi? Munisa Rizayeva:
- Bunday taklif bugungi kunda judayam kup uchramokda. Sardor Kamilov (sayyod)
-Turmush o'rtog'ingiz qanday bo'lishini istardingiz? Munisa Rizayeva: -Menga uyda o‘tir deydigan er bo‘lishi kerak, chunki turmushga chiqqach to‘yda yurishim noto‘g‘ri bo‘ladi. Oila qurgach umuman san’atdan xam ketishni o‘ylayapmanu, ko‘ramiz. Lekin bo‘lajak turmush o‘rtog‘im aytganini aytgan, deganini degan qila bo‘lishi kerak. Dilmurol G‘ulomov:
- Xonandani garorari nimalarni hisobga olgan holda belgilanadi? Menimcha bu juda qiziq savollardan biri. Munisa Rizayeva:
- Ganorar asosan qo‘shiqlar va kliplarga sarflanadigan harajatlarga ishlatiladi. Qolaversa sozandalarim va yordamchilarim bor, ularga taqsimlanadi. Halkimiz to‘y qilaman, deb oylab emas, yillab mablag‘ yig‘adi, shuning uchun katta ganorar suramaymiz va taklif etganlarni imkon qadar ko‘nglini qoldirmaslikka harakat kilamiz. Imkonim cheklangan deganlarga albatta bajonidil tushungan holda to‘ylarida ishtrok etib beramiz. Ijodiy suxbat davomida tinglovchilardan qo‘ng‘giroqlar qabul qilindi.
Muhlislardan biri yo‘llagan savol:
- O‘z ismini o‘zgartirgan xonandalarga munosabatingiz.
- To‘g‘ri ba’zi xonandalar psivdonim bilan saxnaga chiqishadi. O‘ylaymanki, bu judayam zo‘r. Men xam o‘zimga shunday psivdonim tanlamoqchi bo‘lganman. Ammo, boshida Munisa Rizayeva bo‘lib chiqqanim uchun o‘zgartirmay qoldirdim.
Tinglovchilar chin dildan samimiy tilaklarini bildirib, sevimli xonandasiga omadlar tilashdi.
- Konsertdan bir kun oldin barcha muxlislaringizni karshingizga yig‘ishsa nima degan bulardingiz?
- Qo‘llab-quvvatlashgani va ularni ishonchi uchun katta raxmat, deyman.
Men o‘zimni yulduz deb bilmayman, men o‘zimni musiqani sevuvchi inson deb bilaman,- dedi.