Munisa Rizayeva albom taqdimot marosimida muxlislarini sinovdan o‘tkazdi
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining navbatdagi “Yurak” nomli albomining taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur taqdimotda xonandaning ashaddiy muxlislari, yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdi, debxabar beradi “popcorn.uz”.
Tadbirni boshlovchi Davron Kabulov olib bordi. Taqdimot boshida Munisa Rizayeva mazkur albom haqida so‘zlab berdi:
— 24 ta qo‘shig‘imdan iborat bo‘lgan bu albom mening 3-albomim bo‘lib, uni “Yurak” deb nomladik. Unda bir qator muxlislar sevgan qo‘shiqlar joy olgan.
Shundan so‘ng, Davron Kabulov muxlislar o‘rtasida kichik tanlov e’lon qildi. Unga ko‘ra ikki muxlis xonandaning suratini chizish kerak edi. Bu vaqt oralig‘ida esa Munisa Rizayeva kutilmagan tuhfasini muxlislarga taqdim etdi. Ya’ni jonli ijroda qo‘shiq kuylab berdi. Bu qisqa fursatda muxlislar suratlarni chizib bo‘lishdi va g‘oliblar aniqlanib, ularga estalik sovg‘alari taqdim etildi.