Xonanda Munisa Rizayeva 21-oktabr kuni 30 yoshga to‘ldi. Munisa Rizayevani tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganlar orasida nafaqat uning muxlislari va shou-biznes vakillari, balki uning o‘zi ham bor.
Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida ingliz tilida: “Tug‘ilgan kunim bilan!”, —deb xabar qoldirgan. Uni tabriklaganlar orasida, shuningdek, Shohruxxon, Oybek va Nigora, Ahad Qayum kabilar bor.
Munisa Rizayeva 2016-yil boshida bergan intervyularida bu yil 30 to‘lishi, turmush o‘rtoq tanlash masalasi juda qiyin bo‘layotganini, ayni vaqtda, uch o‘g‘il va ikki qizi bo‘lishini orzu qilishini aytib o‘tgan edi.