Bugungi kunda Mening Yurtim (MY5) telekanalida namoyish etilayotgan Muhabbat tafti yani Khushi Kumari Gupta seriali ham komedik melodramma asosida suratga olingan bo'lib, qisqa muddatda tomoshabin etiborini torta oldi.
Ammo serialni komedik qilamiz deb, uni juda ham cho'zib yuborishgan deb o'ylayman. Serial yomon emas, ayniqsa Khushi Kumari Gupta o'brizini Sanaya Irani maxorat bilan ijro etgan! Uning harakatlari serial tomoshabinlarni kuldurmoqda. Bu va bu kabi komedik filmlar barcha uchun tavsiya etiladi, Ammo serial ijodkorlari bir mavzuni juda ham chaynab yuborishgan.
Nazarimda MY5 Telekanali ham mazkur serialni yakuniga qadar namoyish etishmasa ham kerak. Sababi ushbu Muhabbat tafti seriali
juda ko'p qismdan iborat bo'lib, jami 400 dan ziyod qismni tashkil qiladi. Extimol biz bu serialning yakunini ham ko'rmasmiz... Bu albatta MY5 ga bog'liq.
Hozirda biz taxminan 53-54-qismlarni tomosha qilmoqdamiz. Filmning hind tilidagi turiga ko'ra esa 107-108-qismlarga to'g'ri keladi. Demak haqli yana 300 dan ziyod qismlar mavjud. Bizda bu namoish 150 qismga teng. ehtimol butun bahor fasli davomida ushbu serial biz bilan bo'lar. Eslatib o'tamiz ushbu raqamlar mazkur Muhabbat tafti serialining 1-fasli bo'yichadir. Raqamlardan ko'rinib turibdiki serial hali juda uzoq davom etadi.
Serial davomida eskicha urf odatlar hamda nikoxni tan olmaydigan Arnav o'zgarib,Khushi bilan turmush qurishadi. Ajoyib va o'zgacha o'tgan toy marosidan keyingi voqealar ham serialda aks etgan! Ular turmush qurgandan so'ng ham o'tli muhabbatlari so'nmagani, ammo bir qancha sinovlardan o'tganining guvohi bo'lasiz. Ularning hayot davomidagi turli-xil kulguli vazifayatlar taqdim etiladi.
Arnav butkul o'zgarib, sodda Khushini sevuchi majnunga aynadi.
Khushi yana Arnav firmasida ishlay boshlaydi, U modalar namoyishda ishtirok etadi.
Ha bunday habarlarni eshitib, ishonish qiyin... Men o'zim ham hayron qoldim. Ammo bu haqiqat...
Bundan tashqari ushbu serialning ikkinchi fasli ham suratga olib, namoyish etilmoqda. Bu esa o'z o'rnida serial namoyishi juda ham cho'zilishidan dalolat.