Bundan bir necha kun oldin AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchinning uyiga pochta jo‘natmasi keltirilgan. Sapyorlar kelib, bu jo‘natmani ochib ko‘rishganida, unga otning go‘ngi solingani ma’lum bo‘lgan edi. Bu jo‘natmani AQSh Moliya vaziriga jo‘natgan odam ma’lum bo‘ldi. Ushbu shaxs – Los-Anjeleslik ruhshunos Robbi Strong bo‘lib chiqdi, deyiladi ommaviy axborot vositalari xabarlarida. Robbi Strong o‘zining bu xatti-harakati bilan “respublikachilar partiyasi ishchilar uchun hech narsa qilib bermaganini” ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Strong AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchinga ikkita jo‘natma yuborgan. Biri Los-Anjelesdagi Bel-Eyr, ikkinchisi Beverli-Xillzdagi manziliga jo‘natilgan. Har ikki jo‘natmaga ham “Amerika xalqidan” deb yozilgan bo‘lgan.