Miss Globe International go‘zallik tanlovida o‘zbekistonlik ishtirok etyapti
Facebook’
ijtimoiy tarmog‘idagi Miss Globe Uzbekistan sahifasining xabar berishicha,
Miss Globe International-2014 go‘zallik tanlovida O‘zbekistondan Nargiza
Davidova qatnashyapti. U tanlovning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga
kiritdi.
Miss Globe International tanloviga 1925-yilda Turkiyada asos
solingan. Tanlov ishtirokchilarini 18 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan turmush
qurmagan qizlar tashkil etadi. Tanlov bu yil 89-marta o‘tkazilyapti.
O‘zbekistonda "Miss Globe International” tanlovini
ProModel xalqaro moda agentligi va ProArt Center of Performing Arts kompaniyasi
taqdim etadi.