Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Mirzabek Holmedov: “Meni o‘ldiga chiqarganlarga aytar gapim bor





Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning yurak xuruji tufayli vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
 
“Mirzabek Holmedov kutilmaganda yuz bergan yurak xuruji oqibatida bugun soat 16:50 da shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi”, deyiladi noma’lum shaxslar tarqatgan xabarda.
 
Otasi haqidagi ayni xabarlardan g‘azablangan Ulug‘bek Holmedov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ushbu xabarlar yolg‘on ekanini aytdi.
 
“Yaqin soatlarda telegram messenjerida tarqalgan xunuk xabarga e’tibor bermanglar. Bu yolg‘on! Xabar tarqalgach, hatto, uyimizgacha odamlar keldi. Shu xabarni tarqatayotgan odamni o‘zining ham ota-onasi bordir...”
 
Albatta, Ulug‘bek Holmedovning ranjishi, tabiiy. O‘z otasi haqidagi yoqimsiz, buning ustiga yolg‘on xabarni eshitgan insonning fikri bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.
 
Albatta, ijtimoiy tarmoqlarda Mirzabek Holmedov haqidagi ushbu xabarlarning yolg‘onligi tasdiqlagani borasidagi maqolalar chop etildi. Biroq, so‘z ustasining muxlislari uning o‘zidan biror fikr eshitish istagida, tahririyatimizga murojaat qilishdan to‘xtashmadi.
 
Muxlislarning fikr va mulohazalarini inobatga olib, biz so‘z ustasi Mirzabek Holmedov bilan bog‘landik.
 
“Hayotimda bir necha bor meni turli sabablar bilan “o‘ldi”ga chiqarishgan. Inson avvalo, qilayotgan har bir ishini o‘ylab qilishi, gapini esa o‘ylab gapirishi lozim. Boshqalar haqida shunday xunuk yolg‘onlarni to‘qib chiqarib, tarqatadigan insonlarning Yaratgan oldidagi ishi oson emas.
 
Bizga o‘sha yolg‘on xabar haqida ma’lumot berishganida, Samarqandga ketayotgan edik. Yo‘lda qor yog‘ib yuborib, mashinalar bir muddat yurmay qoldi. O‘sha gaplarni eshitib, ko‘nglim buzildi.
 
Do‘stlarim, shogirdlarim orasida men o‘limim haqida yolg‘on xabar tarqatganlarga munosib javob berish taklifini bildirganlar bo‘ldi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ham menga qo‘ng‘iroq qilib, juda qo‘rqqanini aytdi. “Sobit akam o‘tib ketgandilar, endi Mirzabek akam ham vafot etibdilarmi, deb qo‘rqib ketdim, o‘sha noma’lum kimsalarni toping”, deb aytdi.
 
Tojivoy Shukurov, To‘xtamurod Azizov, Botir Muhammadxo‘jayev, Murod Raimov,  Abduraim Abduvahobov kabi yana qator el nazaridagi insonlar qo‘ng‘iroq qilib, tinchmisiz-omonmisiz, deya mendan hol-ahvol so‘rashdi.
 
Shu gaplar tarqalganidan keyin men bir narsaga amin bo‘ldim. Odamlar menga nisbatan befarq emas ekan. Meni ko‘pchilik xurmat qilishini, yaxshi ko‘rishini, men uchun chin dildan jon kuydirishining bildim.
 
Kecha, 28 noyabr kuni to‘yda xizmatda edik. To‘yxonada yoshi ulug‘ onaxon oldimga kelib, quchoqlab yig‘ladilar. Shu onaxon mening 30 yillik muxlisim ekanini, mening vafotim haqida yolg‘on xabarni eshitib, juda qattiq xafa bo‘lganlarini aytdilar.
 
Odamlar orasida ko‘nglingizga qaramaydigan, ichki kechinmalaringiz bilan qiziqmaydiganlar bor. Ular biror gap gapirishdan avval, aytilajak gap o‘sha insonga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ham ko‘rishmasa kerak. Ayamasdan qarib qolibsiz, o‘zingizni oldirib qo‘yibsiz, rangingiz ketibdi, deyishadi ba’zan. Birovning dilini og‘ritish yaxshi emas.
 
Yoshimiz ulg‘aydi. Sal ozorli so‘z ham dilimni yaralaydi. Bu yil yozda ukam Shuhrat vafot etib, ko‘nglim yarim bo‘lib qoldi. U menga hamroh edi. Ukamning dardi bilan yonayotgan mahalim Yurt otasi vafot etdilar. Bu yo‘qotishlar salomatligimga, ruhiyatimga ta’sir qildi. Axir men yosh bola emasman-ku.
 
Yoningizda sizga dalda, maslahatgo‘y, sirdosh bo‘lgan insonning kutilmaganda yo‘q bo‘lib qolishi, insonga juda qattiq ta’sir etadi.
 
O‘lim haq,albatta. Hammamiz ham bir kun kelib Yaratganga omonatimizni topshiramiz. Ilohim umr bersin, chunki hali qiladigan ishlarim ko‘p.
 
Fursatdan foydalanib, hammaga uzoq umr tilayman. Onam rahmatli, “Biz o‘lganimiz bilan qaro yer to‘ymaydi”, derdilar. Shunday ekan, uzoq yillar yashaylik. Yoshimiz 80-90 dan ham o‘tib ketib, farzandlarimiz, nabira, abiralarning to‘ylarini ko‘rishlik nasib qilsin.
 
Men haqimda yolg‘on ma’lumot tarqatgan kimsalarga aytadigan so‘zim: har narsaning javobi bor.”
 
Bu yolg‘on xabarga so‘z ustasi, Mirzabek Holmedovning hamkasbi Obid Asomov ham o‘z fikrini bildirdi.
 
“Menga butun dunyodan qo‘ng‘iroq qilib “Shu gap rostmi?”, deb so‘rashyapti. Bu bema’ni saytlar shov-shuv qilib pul ishlash maqsadida Mirzabek Holmedov uyoqda tursin, o‘z ota-onasini ham o‘ldiga chiqarishdan tap tortmaydi! Mirzabek akamga qo‘ng‘iroq qildim. Bugun Samarqand shahrida xizmatda ekanlar! “Uzr, ammo hozir qayerdan gapirayapsiz?”, deb so‘ragandim, “Shu dunyodaman qo‘rqmang, mashinada ketayapman”, deb javob berdilar! Endi shu “xushxabar”ni tarqatayotgan saytga bitta tilagim bor! Og‘zingdan chiqib, yoqangga yopishsin!”
 
Ma’lumot uchun, shou-biznes olamida o‘limi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilgan mashhur insonlar kam emas. Bir necha oylar avval, O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Klara Jalilova, Abduraim Abduvahobovning ham vafot etgani haqida yolg‘on xabarlar tarqatilgandi.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5735 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Mirzabek Holmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Yaratgan oldiga boradiyu ularham!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное