Mana yana siz sevgan Yakshanba Muxlis-minbari loyihasining navbatdagi hikoyasi! Barchaga eslatib o'tamiz ushbu maqola sayyod nashrida chop etilgan! Bu uchun saytimiz nomidan va barcha foydalanuvchilarimiz nomidan sayyod.com saytiga minnaddorchilik bildiramiz. Endi esa marxamat, navbatdagi hikoya bilan tanishamiz, balkim biror bir maslaxat berarmiz... Assolam Sayyod va sayt muxlislari. Mening vokeam ancha murakkab. Tushungan insonlar maslaxat bering. Uyda kupchilikmiz. Yetar yetmaslikda katta buldik. Katta opam a’lochi bulib yaxshi joyda ishladi. Dadam meni shaxarga ukishga yubormadi. Lekin opam uzim ukitaman deb meni uziga eng yakin singlisi deb bilib obketti. Ijarada akam opamlar bilan yashadim. Akamdan boshka opamlardan kura shu opamni yaxshi kurdim. Aytganini xammasini kildim. Maslaxatlashib ish kilardim. Moliyaviy yordam berdi. Yaxshi ukishimga sharoit yaratti. Talaba buldim. U kech turmush kurdi. 27 yoshida. Onamdan birinchi shu opamga aytardim. Kasal bulsa xabar oldim. Doim yonida dardkashi buldim. Juda yakin edik. Xatto pochchamdan kizganardim. Lekin xaet men uylaganday yaxshimas ekan. Turmush kurdim farzandli buldim yaxshi joyga ishga kirdim. Opam ishlaetgan joyidan uzini aybi bilan chikib koldi. Keyin ketma ket 4 farzandli buldi. Doim xabar oldim moddiy yordam berdim. Dardlarini tinglab charchamadim. Xatto oilasi ajrashishga borganda oyimlarnikidamas menikida yashadi. Erim tushungan inson opamni xurmat kiladi. Uzimni ikkitamga kushib uni turttasini boktim. Minnat kilmadim. Opa opa dedim. Yiglasa yaxshi kunlar keladi deb yupatdim. Yesh oilamiz yetishmovchilik bulib turadi. Opam kelsa karzlanib bulsa xam obkelardim. Axir xaftalab kolib ketardi. Lekin kiyinchilikmi yo bollari charchattimi asabiy bup koldi. Uyingda u yuk bu yuk. Meni bolam buni yemaydi. Seni ugling urdi meni bolamni deb. Boshida bolamni urishib yurdim. Men xam farishtamasman charchadim kattik gapirdim opa kuying bolani orasiga tushmang ishdan charchab bogchadan obkelaman nega urushaberas dedim. Uni bollari yenida utiradi kuni buyi. U mendan xafa bulib bollarini olib chikib ketdi. Bilaman katta oilada kelin, kiynalib yashayapti lekin men nima kilay? Karab turmayapmanku puldan yordam beraman kasal bulsa davolashga yordam beraman bollariga karayapman. Bemalol uyimga kelib yashaydi xoxlasa. Erimga aytib kuyganman shu opamni yaxshiligi kup deb. Bollariga kotta sovgalar kilaman. Seni ukittim yordam berdim shu kunigga meni deb yetting- shu ta’nalari jonimga tegdi. Oyimga yiglab xam oldim nega uzlaring ukitmadinglar meni deb. Umuman unga tik karab gapirishga xakkim yuk emish. Axir uzimning xam xissam bordir shu kunimga yetishga. Kattarok joyda ishlayman shunga meni xadeb ezaveradi. Men okibatsizlik kilmayapman tugri tushuning. Ishda yursam kungirok kiladi shu seni ishing tugamaydi deb, uyga kaytib u bilan gaplashib utirishim kerak. Kungirogi javobsiz kolsa uzingni jaxannamda kuraber. Ishda katta odam bulsam xam opamni oldida maktab bolasiday turaman ta’nalarini eshitib. Ishga kiring ishlang ovunasiz maoshi oz busaxam dedim. Yuk ishlagisi kelmaydi. Pochchamni topishi yaxshimas lekin ishlamaysan degan. Baxonasi shu. Nima desam ekan utmishni ezaberadi senga u kildim bu kildim ukittim deb. Rosti shu axvolda kiynalib xam ketdim. Oldida aybdorday yashayman. Rosti bezor buldim uni kurishdan xam gaplaridan xam....
Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat! Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
xa juda qiyin minnatli osh, opezga insof bersin, yaxshilik qilgan bo'lsa jigarku uyni kottasi kichikni yetaledi vazifasi bogandan keyin qiladid, opezi uyiga jo'natvoring oyizi uyiga, o'zini aravasini o'zi torsin