Imidj bo‘yicha maslahatchi Silvi di Justo bilan o‘zining tashqi ko‘rinishini muhokama qilganida ko‘pchilik “menda buning uchun pul yo‘q”, degan gapni aytadi. Silvi yaxshi ko‘rinish uchun millioner bo‘lish shart emas, deb hisoblaydi.
Qancha pul ishlab topishingiz muhim emas – agar birlamchi vazifalar to‘g‘ri belgilab olinsa, kuch va ishonch aurasini yaratish mumkin, ular esa odatda boylik belgilari, deya tasavvur etiladi. Mazkur firma o‘z tashqi ko‘rinishini yaxshilashni maqsad qilgan kompaniya direktorlari va karera pillapoyalaridan ilgarilashni ko‘zlagan professionallarga maslahat beradi. Uning mijozlari orasida yirik korporatsiyalar — McKinsey, BMW va Thomas Cook lar mavjud.
Di Justo bilan tayyorlangan intervyu hamda Viki Oliverning “Millionerning stolidagi kitob: millioner bo‘lmasangizda, qanday qilib unga o‘xshab ko‘rinish mumkin ” (The Millionaire's Handbook: How to Look and Act like a Millionaire, Even if You're Not) asari asosida tayyorlangan maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz. “Uchdan bir qismi qoidasi” bo‘yicha kiyimingizga sarmoya kiriting
Har bir erkak kishining garderobida kamida bitta yaxshi kostyum, ayol kishida esa hech bo‘lmaganda bitta yaxshi jaket va unga mos yubka yoki shim bo‘lishi kerak. Di Justoning fikriga ko‘ra, buyumlar yetarli darajada qimmat bo‘lishi kerak – bu sizning yaxshi ko‘rinish uchun ajratgan investisiyangizdir. U shunday deydi: “Mijozlarim qanchalik ko‘p pul topgani sari kiyimlari ham qimmatlashib boradi ”.
Muhimi – buyum yaxshi sifatli bo‘lishi kerak. U mazkur kiyimlarni dizaynerlar kolleksiyalari va saytlardan izlash kerakligini maslahat beradi.
Oli¬ver o‘zining “uchdan bir qoidasi” haqidagi kitobida shunday deydi: “Xarid qilinayotgan buyumlar miqdorini ⅓ gacha kamaytirish kerak, ularning har birining narxi uch barobar qimmat bo‘lishi lozim”.
Shunday ekan, keyingi safar uch juft shim sotib olmang, bitta qimmatini harid qilib, kiyib yuring. Har bir detall – hatto smartfon g‘ilofini ham o‘ylang
Di Justoning yoniga yosh yigit suhbatga keldi. U juda yaxshi ko‘rinishga ega edi, barcha savollarga to‘g‘ri javob berdi. Ammo suhbat yakunida u iPhonenini olib, kalendarga yozuvlar kirita boshladi. Di Justoning ko‘ziga yarq etib ko‘ringan narsa uning telefoni g‘ilofi ustidagi uyatsiz gap edi. Bu esa butun suhbatni chippakka chiqardi. Oxir-oqibat uni ishga olishdi, biroq ilk taassurotga putur yetdi.
Di Justo maslahat beradi: “Agar tashqi ko‘rinishingizga jiddiy e’tibor beradigan bo‘lsangiz yodda tuting, u nafaqat kostyum, balki detallarda ham namoyon bo‘ladi”. Unga sizning ish joyingiz, aksessuarlar va hatto smartfon g‘ilofi ham kiradi.
Uslubingiz kasbingiz bilan bog‘liq bo‘lsin, biroq yagona noformal aksessuar bo‘lishiga ruxsat bering.
Ma’lumki, kompaniya dress-kodiga qaramay, siz o‘z kiyimingizni kasbingizga qarab tanlaysiz. Di Justo maslahat beradi: nima qilib bo‘lsa ham boshqalarning fonida ajralib turishga harakat qilmang. Agar siz moliya sohasida faoliyat yuritsangiz konservativ uslubda kiyining, agar texnologik sohaga aloqador bo‘lsangiz, kiyimingizda biroz neformallikka ruxsat bering. Yaxshi odat: kompaniya rahbarlari qanday kiyinayotganiga e’tibor qarating va ulardan o‘rnak oling.
Albatta, masxarabozlarga o‘xshab har doim bir xilda va zerikarli ko‘rinish shart emas. Di Justo ish holatiga mos keluvchi va uslubingizni ajratib ko‘rsatuvchi bitta detalni tanlashni maslahat beradi. Uning mijozlaridan biri – kompaniya bosh direktori an’anaviy to‘q rangdagi kostyum kiyadi, biroq unga yorqin rangdagi ko‘ylak va betakror bo‘yinbog‘ tanlaydi. Yoddingizda bo‘lsin “kundalik” degani “pala-partish degani” emas
Sasual uslubining muammosi shundan iboratki, “rasmiy” uslubdan farqli ravishda uni aniqlash biroz mushkul.
Di Ju¬sto deydi: “Ko‘pchilik casual — nima kiyib olganingni ahamiyati yo‘qligini anglatadi, deb o‘ylaydi”. Aslida casual bu kundalik detallar qo‘shilgan ishbilarmon inson obrazidir. Misol uchun, Barak Obama ishdan tashqari paytda pijak va bo‘yinbog‘ini yechadi va yenglarini shimarib oladi. Yana boshqa detallar ham qo‘shish mumkin, misol uchun shimni qomatga mos keladigan jinsi bilan almashtirish mumkin, biroq oddiy ish uslubidan o‘ta uzoqlashib ketish ham yaramaydi.
Di Justoning casual uslubi uchun mo‘ljallangan asosiy qoidasi mana shunday: uni osonlik bilan ish uslubiga aylantirish mumkin. Siz kundalik uslubda kiyinib, o‘zingiz bilan pidjak olishingiz mumkin. Agar muhim uchrashuv bo‘lsa, uni kiyib olasiz, hammasi tayyor. Atirni kamroq seping
Ifor suhbatdoshni gapirayotgan narsadan chalg‘itadigan darajada o‘tkir bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi di Justo. U bu borada mana shunday fikr yuritadi: “Agar o‘zingiz atiringiz hidini sezayotgan bo‘lsangiz, demak oshirib yuboribsiz”. Shunisi qiziqki, ba’zi mamlakatlarda bu qoidaga amal qilinmaydi, misol uchun Italiya va Fransiyada atirdan juda ko‘p foydalanish normal holat hisoblanadi. Biroq Rossiyada atir ifori biroz kelib tursa kifoya. Tashqi ko‘rinishingizda biroz kamchiliklar bo‘lsa ham o‘zingizga ishoning.
Aynan ishonch tufayli insonlar kuch va hokimiyat hissini tarqatadi. Muhimi – bu ishonchni o‘tmaslashtirmaslik. Pidjagingizda tushib qolgan tugmani kimdir sezib qolishi to‘g‘risidagi xavotir haqiqatan ham sizga e’tibor qilishga undaydi. Ertalab tishlaringiz sariq, degan hayolga borsangiz, o‘zgalar ham shunday, deb o‘ylay boshlashi ehtimoldan holi emas.
Qanday muammo yuzaga kelgani muhim emas, havotirlangmang, uni bartaraf eting. Agar o‘zingizga ishonmasangiz, sizga hech kim ishonmaydi. Balandroq ko‘rinishga harakat qiling
Oliver yozadi, “biz ongsiz ravishda yuqori yetakchilarga intilamiz, chunki bo‘yni hokimiyat bilan bog‘laymiz”. Biroq tabiat sizni bunday imkoniyatdan bebahra qoldirgan bo‘lsa, baland bo‘y illyuziyasini yarating. Ayollar baletka va krossovkalar emas, poshnali tufli kiyishi mumkin, erkaklar esa bir xil rangdagi kiyimni tanlashlari lozim. Bo‘yi baland bo‘lmagan kishilarga bitta rangdagi qomatni ajratib ko‘rsatuvchi kiyimlar yarashadi. Yaxshi uyqu sog‘lom ko‘rinishga yordam beradi
Va nihoyat, uyquning aniq jadvaliga ega bo‘lishingiz lozim – aynan shu tufayli teringiz sog‘lom va nur sochuvchi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Oliver bir necha kun mobaynida necha soat uxlaganingiz ishlash qobiliyatingizga qanday ta’sir qilishini o‘rganishingizni maslahat beradi: “Uyquning ideal miqdorini aniqlab olgach, unga dam olish kunlari ham amal qilishga odatlaning. O‘zingizni bitta vaqtda yotib, bitta vaqtda turishga o‘rgating”