Milena Madmusayeva Lolaning kiyinish uslubiga munosabat bildirdi
“Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasi ko‘pchilikka manzkur bo‘lmoqda. Loyihaning navbatdagi qahramoni Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovlar g‘olibi,opera xonandasi Milena Madmusayeva.
“Hayotda ham, ijodda ham klasik uslubda kiyinishni ma’qul ko‘raman. Keng liboslar jonu dilim. San’atkorlardan Shahzodaning kiyinish stili menga juda yoqadi. Lola Yo‘ldoshevaning ham stili o‘ziga yarashib turadi. Faqat u biroz ochiqroq kiyinadi...”,—deydi Milena kiyinish uslubi haqida gapirar ekan.