Tinch okeanida paydo bo‘lgan 8 raqamli "Meari" to‘foni Tokioga yaqinlashib, kuchli shamol va yomg‘irni olib kelgan. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Yaponiyada “Meari” to‘foni bir necha soat avval Sidzuoka prefekturasi hududidagi Xonsyu oroli qirg‘oqlariga yetib kelgan. Endi to‘fon shimoli sharqdan Tokio shahri tomon harakatlanmoqda.
Qayd etilishicha, Tokio shahridagi baʼzi kafe va restoranlar ish vaqtini qisqartirgan. Tayfun tufayli Yaponiyaning eng yirik rok festivali — “Rock in Japan Fes – 2022”ning oxirgi kuni bekor qilingan. Bundan tashqari, Kanagava prefekturasi, Tiba, Ibaraki shaharlarida ham parom qatnovi bekor qilinib, rok festivali bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Tiba prefekturasida tornado qayd etilgan.