O‘zbekistonlik xonanda Masrur Usmonov yangi suratga olinayotgan filmlardan biriga prodyuserlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu filmda xonandaning o‘zi bosh rolni ham ijro etmoqda.
“Hozircha film haqidagi tafsilotlarni sir tutmoqdamiz, - dedi u “Darakchi” nashriga bergan ma’lumotida. – Ochig‘i, soddaligimdan foydalanadigan turli aldov, fitnalarga o‘ch insonlarga duch kelganim sabab ko‘nglimdagilarni ushbu film orqali aytishga qaror qildim. Filmdagi obrazim orqali insoniylik, mehr-oqibat tushunchalarining naqadar ustuvorligini ochib berishga harakat qildik”.