11-sentyabr kuni Masjid al-Haromda kran qulashi oqibatida vafot etganlar soni 87 taga yetdi. 184 kishi esa turli darajadagi tan jarohati olgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni tegishli idoralari rasman bildirgan. Jabr ko‘rganlar orasida o‘zbekistonlik ibodat qiluvchilar yo‘q.
Ushbu ayanchli voqea masjidda ayni ibodat chog‘ida sodir bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati – Haj safarini ado etgayotgan turli millat egalaridir.
Kran qulashiga asosiy sabab kuchli shamoldir. Bu shamol esa mamlakatning ko‘plab shaharlariga “hujm qilgan” ayovsiz bo‘ronning oqibatidir. Ayni paytda qutqaruv brigadalari o‘z ishini davom ettirmoqda.
Masjid al-Haromda ikki yil davomida yirik ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu masjid tarixida hali bunday qonli voqea – Haj ziyoratchilarining o‘limiga sabab bo‘lgan halokat kuzatilmagan.
Vafot etganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.